Naim Karimov

Yozuvchi, Adabiyotshunos
Naim Karimov
Tavallud sanasi:
1932 Dekabr 12

Taniqli yozuvchi va olim, filologiya fanlari doktori, professor, ilmiy va ommabop asarlar muallifi, Beruniy mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Naim Karimov butun umrini adabiyot sohasiga bag‘ishlab, el-yurtga xizmat qildi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi beminnat xizmati uchun «El-yurt hurmati» ordeni yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan.

Tarjimai hol

O‘zbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ulgan. U 1955 yilda SAGU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.

Naim Karimov 1955 yilda dorilfununni bitirgandan beri Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat qilib kelmoqda. U o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar yaratdi, turli konferentsiyalar va simpoziumlarda ma’ruzalar qildi, yorqin ilmiy faoliyati uchun Beruniy nomidagi respublika davlat mukofoti bilan taqdirlandi, filologiya fanlari doktori, professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Xullas, salkam yarim asrlik ijodiy faoliyati natijasida Naim Karimov o‘zbek adabiyotshunosliganing o‘ziga xos, betakror namoyandalaridan biriga aylandi. Har holda, XX asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek adabiyotidagi rivojlanshini Naim Karimovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Ma’lumki, keyingi yillarda Oybekning 20 jildlik, Hamid Olimjonning 10 jildlik, G‘afur G‘ulomning 12 jildlik mukammal asarlar to‘plamlari nashr etildi. Ularning yoniga Hamza Hakimzodaning ham 5 jildlik asarlar to‘plamini qo‘shib qo‘ymoq kerak. Bu ishlarning hammasida Naim Karimov yo ilmiy rahbar sifatida, yoxud faol ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Mustaqillik yillarida Naim Karimov ijodida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi bir mavzu paydo bo‘ldi. Bu sho‘ro zamonidagi ommaviy qatag‘on mavzusi bo‘lib, Naim Karimov uning adabiyot bilan bog‘liq jihatlarini yoritishga va shu bilan yaqin tariximizning o‘qilmay qolgan yoxud noto‘g‘ri o‘qilgan sahifalarini qayta tiklashga harakat qildi. Bu intilish uning ijodida, ayniqsa, 1991 yildan boshlab juda keng ko‘lamda ishlana boshladi. Masalan, o‘sha kezlarda ommaviy bo‘lgan «Fan va turmush» jurnalida «Narkompros ishi», «Cho‘lpon uchun kishan», «Assalomu alaykum, dorning og‘ochi», «Qodiriyning boshi - Yangi yil sovg‘asi», «Tosh ekan bu boshim» kabi maqolalari bosildiki, ularda ancha ixcham shaklda bo‘lsa ham, adabiyotimizning shu paytgacha mutlaqo tilga olinmay kelingan jihatlari ochildi.

Naim Karimov bir necha yildan beri mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasining raisi sifatida ishlab kelmoqda. U, ayniqsa, «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuini bunyod etishda, shuningdek, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyini tashkil etishda katta jonbozlik ko‘rsatdi. Bugungi kunda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyini tashkil qilish benihoya qiyin ish, chunki ulardan qolgan suratlar, qo‘lyozmalar, hujjatlar, kiyim-kechak va boshqa ashyolarni topish g‘oyatda mushkul ish. Shunga qaramay, zarur eksponatlar yig‘ildi va muzey belgilangan muddatda ochildi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/karimov_naim
Sayt foyda berdi!
87416 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi